DevOn kompyuteringizdagi Claude Code projectlarini skanerlaydi va brauzerda kichik shaharcha ko'rinishida chizadi.
Butun shaharcha: binolar — papkalar, xonalar — projectlar, faollik lentasi esa har bir sessiya nima qilayotganini ko'rsatadi.
Har bir project — xona: Claude sessiyalari uchun stol, projectning o'z agentlari uchun stollar va mehmonlar uchun uchrashuv stoli. Skills, MCP serverlar va commands kitob javoni, server shkafi va e'lonlar taxtasi bo'lib ko'rinadi.
Har bir papka — bino. Bir nechta project turgan papka koridorli binoga aylanadi; binolar orasida ko'chalar, mashinalar va piyodalar bor.
Lobby — global ~/.claude: global staff agentlar, skills javoni va hooklar.
Live rejim qaysi xonada sessiya ishlayotgani, qaysi tool ishlatilayotgani, subagent qayerga ketgani va kim ruxsat kutayotganini ko'rsatadi.
Tong va tun mavzulari, uch til: o'zbekcha, inglizcha, ruscha.
Xonani bossangiz, uning sessiyalari, agentlari, skills va MCP serverlari ko'rinadi; shu yerdan terminal yoki yangi Claude sessiyasini ochish mumkin.
DevOn faqat 127.0.0.1 da ishlaydi. Kompyuteringizdan tashqariga hech narsa chiqmaydi.
O'rnatish
Bitta buyruq DevOn'ni o'rnatadi, devon buyrug'ini qo'shadi va ishga tushiradi.
DevOn paketini yuklab oladi va SHA-256 nazorat summasini tekshiradi.
Node.js 20 yoki undan yangisini qidiradi. Topilmasa, ~/.devon/runtime ichiga alohida nusxasini yuklaydi; tizimingiz o'zgarmaydi.
devon buyrug'ini PATH'ga qo'shadi.
DevOn'ni fonda ishga tushiradi va http://127.0.0.1:4777 ni ochadi.
Keyingi safar terminalni ochib, shuni yozing:
devon
Talablar
Qo'llab-quvvatlanadi
macOS
Intel va Apple Silicon
Linux
x64 va arm64 (glibc distributivlari)
Windows
Windows 10 (1803 yoki yangiroq) va Windows 11
Claude Code
O'rnatilgan va kamida bir marta ishlatilgan (~/.claude mavjud bo'lishi uchun)
Brauzer
WebGL'ni qo'llaydigan istalgan zamonaviy brauzer
Node.js
Shart emas. 20+ versiya bo'lsa, o'sha ishlatiladi, bo'lmasa o'zi o'rnatiladi
Qanday ishlaydi
DevOn — kichik lokal veb-server va 3D sahifa. U faqat Claude Code'ning o'z fayllarini o'qiydi; Claude bilan ham, biror tarmoq xizmati bilan ham bog'lanmaydi.
Claude Code fayllari~/.claude, ishlayotgan sessiyalar va project papkalaringiz
DevOn serveri127.0.0.1:4777 dagi lokal jarayon. Har 60 soniyada qayta skanerlaydi va jonli o'zgarishlarni uzatadi
BrauzeringizShaharchani 3D'da chizadi va sessiyalar ishlagan sari yangilaydi
Nima o'qiladi va nima uchun:
Manba
Nima uchun
~/.claude.json
Claude Code ishlatilgan projectlar ro'yxati
Skanerlanadigan papkalar
.claude/ yoki CLAUDE.md bor projectlar
.claude/agents, skills, MCP, commands
Har bir xona va lobby'dagi stollar va jihozlar
~/.claude/sessions/*.json
Hozir qaysi sessiyalar va qayerda ishlayotgani
Hook eventlari (ixtiyoriy)
Ishlatilayotgan tool, subagentlar, ruxsat kutish
O'rnatilgan fayllar:
Yo'l
Ichida nima bor
~/.devon/app
DevOn'ning o'zi (yangilanganda almashtiriladi)
~/.devon/runtime
Alohida Node.js, faqat tizimda bo'lmagan bo'lsa
~/.devon/bin/devon
devon buyrug'i
~/.devon/office.config.json
Sozlamalaringiz (yangilanganda saqlanadi)
~/.devon/devon.log
Server logi
devon buyrug'i
Hammasi bitta buyruq bilan boshqariladi. Argumentsiz yozilsa, devon start bilan bir xil.
Buyruq
Nima qiladi
devon
DevOn'ni fonda ishga tushiradi va brauzerda ochadi
devon stop
Fondagi serverni to'xtatadi
devon restart
To'xtatib, qayta ishga tushiradi
devon status
DevOn ishlayotganini ko'rsatadi
devon open
DevOn sahifasini brauzerda ochadi
devon hooks install
Live hookni yoqadi (tool, subagent, ruxsat kutish)
devon hooks uninstall
Live hookni o'chiradi
devon update
Eng so'nggi versiyani yuklab o'rnatadi
devon uninstall
DevOn'ni to'xtatadi, hookni olib tashlaydi va ~/.devon ni o'chiradi
devon version
O'rnatilgan versiyani chiqaradi
devon help
Barcha buyruqlar ro'yxati
Live hook
Sessiyalar hech qanday sozlashsiz ko'rinadi. Tool, subagent va "ruxsat kutyapti" holatlarini ham ko'rish uchun hookni yoqing:
devon hooks install
U Claude Code settings.json fayliga bitta yozuv qo'shadi (avval zaxira nusxa olinadi), boshqa hooklaringizga tegmaydi. Olib tashlash:
devon hooks uninstall
Hook asinxron ishlaydi, hech narsa chiqarmaydi va har doim 0 bilan tugaydi, shuning uchun DevOn o'chiq bo'lsa ham Claude Code ishiga ta'sir qilmaydi. Faqat metadata yuboriladi: event nomi, session id, papka, tool nomi va agent turi. Prompt, tool input va tool output hech qachon yuborilmaydi.
Xona amallari
Xonani bossangiz, panel ochiladi. Amallar bo'limi o'sha project papkasida quyidagilarni ochadi:
Amal
macOS
Linux
Windows
Claude sessiya
Terminal.app
Terminal emulyatoringiz
Yangi konsol oynasi
Terminal
Terminal.app
Terminal emulyatoringiz
PowerShell
Papka
Finder
Fayl menejeri (xdg-open)
Explorer
VS Code
code yoki VS Code.app
code
VS Code
Linux'da grafik sessiya bo'lmasa (SSH, konteyner), oyna ochadigan tugmalar o'chiq bo'ladi; DevOn'ning qolgan qismi ishlayveradi.
Sozlash
DevOn sozlashsiz ishlaydi. Nima skanerlanishini o'zgartirish uchun ~/.devon/office.config.json faylini yarating:
Claude Code config papkasi, agar u ~/.claude bo'lmasa
DEVON_HOME
O'rnatish papkasi (default ~/.devon)
Maxfiylik va xavfsizlik
Server faqat 127.0.0.1 da ishlaydi va boshqa host yoki origin'dan kelgan so'rovlarni rad etadi.
Prompt, tool input va tool output hech qachon o'qilmaydi va uzatilmaydi. Tarixdan faqat project va vaqt o'qiladi.
Diskka faqat ~/.devon ichidagi office.config.json, log va jarayon id'si yoziladi.
DevOn'dan ochilgan oynalarga boshqa Claude sessiyasining tokenlari va muhit o'zgaruvchilari o'tmaydi.
Telemetriya ham, akkaunt ham yo'q.
Yangilash va o'chirish
Eng so'nggi versiyani olish:
devon update
DevOn'ni hook bilan birga to'liq olib tashlash:
devon uninstall
Muammolar va yechimlar
Muammo
Yechim
devon: command not found
Yangi terminal oynasini oching. Yoki to'g'ridan-to'g'ri ishga tushiring: ~/.devon/bin/devon
Port band
Boshqa port tanlang: OFFICE_PORT=4800 devon (PowerShell: $env:OFFICE_PORT=4800; devon)
Ishga tushmayapti
Logni o'qing: ~/.devon/devon.log
Xonalar ko'rinmayapti
Project papkalaringizni scanRoots ga qo'shing, keyin devon restart
Claude Code WSL ichida ishlaydi
DevOn'ni ham WSL ichida, macOS / Linux buyrug'i bilan o'rnating
Alpine yoki boshqa musl Linux
Avval paket menejeridan Node.js 20+ o'rnating, keyin o'rnatuvchini ishga tushiring
Versiyalar
DevOn'ning barcha versiyalari, eng yangisi tepada. So'nggi versiyani devon update bilan oling; devon version sizdagi versiyani ko'rsatadi.
v0.2.0
Realroq ko'rinish, arxitektura maketi kabi: yumshoq soyalar, shisha devorlar, bosiqroq ranglar va yog'och, metall, shisha, asfalt uchun alohida materiallar.
Odamlar haqiqiy proporsiyada, o'z teri va soch rangi bilan; quyuqroq daraxtlar, g'ildirakli mashinalar, bordyur va kirish soyabonlari.
Yorug'roq tun: daraxtlar, maysa va ko'chalar oy nurida ko'rinib turadi, faol sessiyali xonalarning derazalari yonadi.
Sahnadagi yorliqlar soddalashtirildi.
v0.1.0
Birinchi ommaviy versiya.
Claude Code projectlaringizning 3D shaharchasi: xonalar, binolar, lobby, ko'chalar.
Live rejim: ishlayotgan sessiyalar, ishlatilayotgan toollar, subagentlar va ruxsat kutish.
Tong va tun mavzulari; o'zbek, ingliz va rus tillari.
macOS, Linux va Windows uchun bir buyruqli o'rnatish, Node.js avtomatik o'rnatiladi.
Xona amallari: projectda Claude sessiya, terminal, papka yoki VS Code ochish.
Enterprise
Hozir ishlab chiqilayotgan DevOn Enterprise butun kompaniyangizning Claude Code'dagi ishini bitta jonli xaritada ko'rsatadi va to'liq o'z serverlaringizda ishlaydi.
100% on-premise: kompaniyangizning o'z serverlariga o'rnatiladi. Tarmog'ingizdan tashqariga hech narsa chiqmaydi.
Har bir xodim — alohida mamlakat: kompaniya bitta xarita, har bir xodimning mamlakatida uning binolari va project xonalari turadi.
Xodimlar Claude Code'da nima qilayotgani ko'rinadi: admin kim ishlayotganini, qaysi projectda, qaysi agent va toollar bilan ishlayotganini jonli kuzatadi.
Dashboard va hisobotlar: xodim, jamoa va project bo'yicha haftalik va oylik faollik, eksport qilish mumkin.
Erta kirish: hozir bog'langan jamoalar birinchi bo'lib oladi.
Bepul versiyadagi kabi faqat metadata yig'iladi: prompt, kod, tool input va tool output hech qachon olinmaydi.
Jamoangiz uchun Enterprise qiziqmi? Biz bilan aloqaga chiqing: formani to'ldiring, sizga javob beramiz.
Fikr va takliflar
Muammo topdingizmi yoki g'oyangiz bormi? Bizga yozing. Har bir xabar o'qiladi.